Daromadlar tengsizligi tobora ortib bormoqda, eng badavlat 10 foiz odamlar global daromadning 40 foizigacha, eng kambag'al 10 foizi esa bor-yo'g'i 2 dan 7 foizgacha miqdorini oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining o'sishi bilan bir qatorda tengsizlik ham o’sishi hisobga olinsa, u 11 foizga oshgan.
So'nggi o'n yilliklarda daromadlar tengsizligi deyarli hamma joyda o'sib bordi. Eng past ko'rsatkich Yevropada kuzatilgan bo’lsa, eng yuqori ko'rsatkich Yaqin Sharqqa tegishli.
Ushbu o'sib borayotgan tengsizliklar kam ta'minlangan odamlarning imkoniyatlarini kengaytirishga va jinsi, irqi va etnik kelib chiqishidan qat'iy nazar, barcha uchun iqtisodiy inklyuzivlikni rag'batlantirishga qaratilgan oqilona siyosatni taqozo qiladi.
Daromadlar tengsizligi global yechimlarni talab qiladi. Bunga moliya bozorlari va institutlarini tartibga solish va monitoringini takomillashtirish, ehtiyoj katta boʻlgan hududlarda yordam va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish kiradi. Xavfsiz migratsiya va odamlarning harakatchanligini rag'batlantirish ham tafovutni qisqartirishning kalitidir.