“Mehr ulashamiz” loyihasi doirasida SamISI talabalari imkoniyati cheklangan yoshlarga quvonch ulashdi

22-11-2024

“Mehr ulashamiz” loyihasi doirasida SamISI talabalari imkoniyati cheklangan yoshlarga quvonch ulashdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar ittifoqi koordinatorlari va faol talabalari "Mehr ulashamiz" loyihasi doirasida Samarqanddagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda institutning iqtidorli talabalari musiqiy chiqishlar, QVZ hazillari va qiziqarli o'yinlarni namoyish etdilar. Ishtirokchilar ko'tarinki kayfiyatda konsert dasturini tomosha qilib, o'zlari uchun madaniy hordiq olishdi.

Kasb-hunar maktabi direktori institut jamoasiga minnatdorchilik bildirib tashakkurnoma yo'lladi.