“Xalqaro nogiron bolalar kuni”: SamISI yoshlari mehr va e’tibor bilan art-terapiya o‘tkazdi

02-12-2024

“Xalqaro nogiron bolalar kuni”: SamISI yoshlari mehr va e’tibor bilan art-terapiya o‘tkazdi

3-dekabr - “Xalqaro nogiron bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi koordinatorlari hamda SamISI volontyorlari birgalikda Koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasida art-terapiya mashgʻulotlari olib borildi.

Xayriya tadbirida bolajonlar uchun turli koʻngilochar oʻyinlar tashkil etilib, shirinliklar ulashildi.