BRMlarni faqat kuchli global sherikchilik va hamkorlik yordamida amalga oshirish mumkin. Bir tomondan nizolar yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozlar ko'proq moliyaviy resurslar va yordamni talab qilishda davom etayotgan bo'lsa, boshqa tomondan ko'pgina mamlakatlar iqtisodiy o'sish va savdoni rag'batlantirish uchun rasmiy yordamga muhtoj.
Dunyo mamlakatlari har qachongidan ham hamkorlikka muhtoj. Texnologiya va bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash g‘oyalar almashinuvi va innovatsiyalarni rag‘batlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga o'z qarzlarini boshqarishda yordam berish uchun siyosatni muvofiqlashtirish, shuningdek, kam rivojlangan mamlakatlarga investitsiyalarni jalb qilish barqaror o'sish va rivojlanish uchun juda muhimdir.
Maqsadlar ularga erishish uchun milliy rejalarni qo'llab-quvvatlash orqali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Xalqaro savdoga ko‘maklashish va rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport hajmini oshirishga yordam berish adolatli, ochiq va hamma uchun foydali bo‘lgan universal, qonun-qoidalarga asoslangan va adolatli savdo tizimini yaratishning bir qismidir.