Turizm kafedrasi tashabbusi bilan “Laguna Travel” turistik firmasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

13-10-2025

Turizm kafedrasi tashabbusi bilan “Laguna Travel” turistik firmasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi assistent-stajyori Y. Xasanova rahbarligida turizm yo‘nalishi talabalari uchun “Laguna Travel” turistik firmasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
 Darslar dual ta’lim tizimi asosida o‘tkazilib, talabalar turistik firma faoliyati, sayohatlarni tashkil etish, mehmonlar bilan ishlash va marketing jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarga o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkonini berdi hamda ularning kasbiy tajribasini yanada boyitdi. 

Turizm kafedrasi tashabbusi bilan “Laguna Travel” turistik firmasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi SamISITurizm kafedrasi tashabbusi bilan “Laguna Travel” turistik firmasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi SamISI