Yer usti ekotizimlarini muhofaza qilish, tiklash va barqaror foydalanishni rag‘batlantirish, o‘rmonlarni barqaror boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerning degradatsiyasi va biologik xilma-xillikning qisqarishini to‘xtatish.

 Yer usti ekotizimlarini muhofaza qilish, tiklash va barqaror foydalanishni rag‘batlantirish, o‘rmonlarni barqaror boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerning degradatsiyasi va biologik xilma-xillikning qisqarishini to‘xtatish.

Inson hayoti quruqlikka ham, okeanga ham bog'liq. O'simliklar dunyosi inson ratsionining 80 foizini ta'minlaydi va biz muhim iqtisodiy resurs sifatida qishloq xo'jaligiga tayanamiz. O'rmonlar yer yuzasining 30 foizini egallaydi, millionlab turlarning hayotiy muhitini ta'minlaydi, toza havo va suvning muhim manbalari hisoblanadi va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda muhim rol o'ynaydi.

Har yili 13 million gektar o'rmon yo'qolmoqda va qurg'oq yerlarning davom etayotgan degradatsiyasi 3,6 milliard gektar maydonning cho'llanishiga olib keldi, bu esa kambag'al qatlamlarga nomutanosib ravishda ta'sir ko'rsatdi.

Yerlarning 15 foizi himoyalangan bo'lsa-da, biologik xilma-xillik hanuzgacha xavf ostida. 7000 ga yaqin hayvon va oʻsimlik turlari noqonuniy savdo obyektiga aylangan. Yovvoyi hayvonlar savdosi nafaqat biologik xilma-xillikni qisqartiradi, balki xavfsizlikka tahdid tug'diradi, nizolar va korrupsiyani kuchaytiradi.

Umumiy merosimizning bir qismi bo'lgan tabiiy yashash joylari va biologik xilma-xillikning qisqarishini kamaytirish, global oziq-ovqat va suv xavfsizligi, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish, tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash uchun shoshilinch choralar ko'rilishi zarur.