Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi
20-09-2025
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutori Sh. G‘afarov tashabbusi bilan birinchi bosqich talabalari SamDU oranjeriyasiga tashrif buyurdilar.
Sayohat davomida talabalarga oranjeriyada olib borilayotgan ilmiy-amaliy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, ularga turli o‘simliklarning o‘sish bosqichlari, ularni parvarishlash usullari, shuningdek, yangi seleksiya navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar namoyish etildi.
English
Oʼzbek
Русский




