Jahon aholisining yarmidan ko'pi shaharlarda yashaydi. 2050 yilga kelib butun insoniyatning uchdan ikki qismi – 6,5 milliard kishi shaharlarda yashashi kutilmoqda. Shaharlarini qurish va boshqarishda sezilarli o'zgarishlarsiz barqaror rivojlanishga erishib bo'lmaydi.
Aholining ko’payishi va migratsiyaning kuchayishi natijasida shaharlarning tez o'sishi megapolislarning, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda gullab-yashnashiga olib keldi va xarobalar shahar hayotining tobora muhim xususiyatiga aylandi.
Shaharlar barqarorligini ta’minlash bu karyera va biznes uchun imkoniyatlarni yaratish, xavfsiz va arzon uy-joylarni yaratish, barqaror jamiyat va iqtisodiyotlarni qurish demakdir. Bu jamoat transportiga sarmoya kiritishni, yashil jamoat joylarini yaratishni va shaharlarni rejalashtirish va ularning boshqaruvini takomillashtirishni o'z ichiga oladi.