Barqaror infratuzilmani yaratish, inklyuziv va barqaror sanoatlashtirishga ko’maklashish va innovatsiyalarni rag'batlantirish

 Barqaror infratuzilmani yaratish, inklyuziv va barqaror sanoatlashtirishga ko’maklashish va innovatsiyalarni rag'batlantirish

Infratuzilma va innovatsiyalarga investitsiyalar iqtisodiy o'sish va rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Hozirda dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qilar ekan, jamoat transporti va qayta tiklanadigan energiya, shuningdek, yangi sanoat tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Texnologik taraqqiyot yangi ish o‘rinlari yaratish va energiya samaradorligini oshirish kabi ham iqtisodiy, ham ekologik muammolarga uzoq muddatli yechim topishda ham muhim ahamiyatga ega. Barqaror ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va tadqiqot va innovatsiyalarga sarmoya kiritish barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishning muhim yo‘lidir.

4 milliarddan ortiq odam hali ham internetga kirish imkoniga ega emas, ularning 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda. Ushbu tafovutni bartaraf etish axborot va bilimlardan teng foydalanishni ta'minlash innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag'batlantirish uchun juda muhimdir.