O'zbekiston va Sloveniya ta'lim va biznes doirasi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
03-04-2025
Tegishli SDG lar:
- Inklyuziv va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash va barcha uchun umrbod ta'lim olish imkoniyatlarini rag'batlantirish
- Barqaror infratuzilmani yaratish, inklyuziv va barqaror sanoatlashtirishga ko’maklashish va innovatsiyalarni rag'batlantirish
- Amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadida global hamkorlikni faollashtirish

Joriy yilning 3-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Inno” texnoparkida Sloveniya mamlakati tadbirkorlari guruhining Toshkent shahriga tashrifi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida vazirlik bilan uchrashuv, kichik ko’rgazma hamda G2B uchrashuvlar o’tkazildi.
Mazkur tadbirda professor O.Pardaev institutimiz nomidan hamkorlik takliflari bilan ishtirok etdi.