Vakillarimiz Butunjahon Barqaror Rivojlanish Kongressida ishtirok etishmoqda
19-06-2025
Tegishli SDG lar:
- Inklyuziv va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash va barcha uchun umrbod ta'lim olish imkoniyatlarini rag'batlantirish
- Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish
- Amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadida global hamkorlikni faollashtirish

Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan tashkil etilgan "Global Sustainable Development Congress" (Butunjahon Barqaror Rivojlanish Kongressi) bo‘lib o‘tmoqda. 16-19 iyun kunlari davom etadigan kongressda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda tashkil etiladigan ko‘rgazmalar, panel sessiyalari, master-klasslar doirasida oliy ta’lim sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalari keng muhokama qilinadi. Unda 100 ga yaqin mamlakatdan 170 dan ziyod ko‘rgazma ishtirokchilari, 400 dan ortiq ma’ruzachilar hamda 5000 dan ortiq delegatlar ishtirok etishmoqda.
Mazkur kongressda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Ibadullayev va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Safarovlar ham bevosita ishtirok etishmoqda.