Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish

 Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish

Ayollar va qizlarga nisbatan har qanday kamsitishlarga barham berish faqatgina insonning asosiy huquqlaridan biri bo’lib qolmasdan, balki barqaror kelajak uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga hissa qo‘shishi isbotlangan.

Hozir 15 yil avvalgiga qaraganda ko'proq qizlar maktabda o'qiydi va aksariyat hududlarda boshlang'ich ta'limda gender tengligiga erishildi.

Garchi ish kuchi bozorida ayollar har qachongidan ham ko'p bo'lsa-da, ba'zi hududlarda hali ham katta tengsizliklar mavjud – ayollar erkaklar bilan bir xil mehnat huquqlaridan muntazam ravishda mahrum bo'lishadi. Jinsiy zo'ravonlik va ekspluatatsiya, haq to'lanmaydigan va uy mehnatining teng bo'lmagan taqsimoti va davlat lavozimlaridagi kamsitishlarning barchasi katta to'siq bo'lib qolmoqda. Iqlim o'zgarishi, tabiiy ofatlar, nizolar va migratsiya ayollar va bolalarga nomutanosib ravishda ta'sir qilishda davom etib kelmoqda.

Ayollarga yer va mulkka teng huquqlarni berish, ularni reproduktiv salomatlik, texnologiyalar va Internet bilan ta’minlash juda muhimdir. Bugungi kunda davlat ishlarida har qachongidan ham ko'proq ayollar ishlaydi, ammo ko'proq ayol rahbarlarni rag'batlantirish gender tengligiga erishishga yordam beradi.