Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish

So‘nggi yigirma yil ichida jadal iqtisodiy o‘sish va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligining yaxshilanishi tufayli to‘yib ovqatlanmaydigan odamlar soni qariyb ikki barobar kamaydi. Ilgari ochlikdan aziyat chekkan ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlar endi oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondira oladi. Markaziy va Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi ocharchilikka barham berishda ulkan yutuqlarga erishdi.

Afsuski, ochlik va to'yib ovqatlanmaslik ko'plab mamlakatlarda rivojlanish yo'lidagi katta to'siq bo'lib qolmoqda. 2017 yil holatiga ko'ra, taxminan 821 million kishi surunkali ravishda to'yib ovqatlanmaydi, bu ko'pincha atrof-muhitning buzilishi, qurg'oqchilik va biologik xilma-xillikning yo'qolishining bevosita natijasidir. Besh yoshgacha bo'lgan 90 milliondan ortiq bolalar xavfli darajada kam vaznga ega. Afrikaning deyarli barcha mintaqalarida, shuningdek, Janubiy Amerikada to'yib ovqatlanmaslik va jiddiy oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan tus olmoqda.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI

BRM 2030 yilgacha ochlik va to'yib ovqatlanmaslikning barcha shakllariga barham berishni maqsad qilib qo'ygan, bu esa barcha odamlarning, ayniqsa bolalarning yil davomida yetarli va to'yimli oziq-ovqat bilan ta'minlanishini nazarda tutadi. Bu barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish, kichik fermerlarni qo'llab-quvvatlash va yer, texnologiya va bozorlardan teng foydalanishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish maqsadida infratuzilma va texnologiyalarga sarmoya kiritishni ta'minlash uchun xalqaro hamkorlikni talab qiladi.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI

Institut hududida xodimlar va talabalarning ovqatlanishi uchun jami 294 ta mijoz uchun mo’ljallangan 3 ta umumiy ovqatlanish muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Talabalar turar joyida talabalarning sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida zamonaviy gaz plitalari, muzlatkichlar, mikroto’lqinli pechlar, kulerlar bilan jihozlangan hamda toza ichimlik suvi va ventilyatsiya tizimi mavjud ... ta oshxona tashkil etilgan.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI

Institut hududi va talabalar turar joyida muntazam ravishda turli kulinarlik festivallari va konkurslari tashkil etiladi. 2023 yilda:

-  2 avgust kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida shashlik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda milliy taomlar, musiqiy chiqishlar va sport musobaqalari tashkil etildi.

-  "Yoshlar oyligi" doirasida osh chempionati festivali boʻlib oʻtdi. Osh chempionati natijalariga koʻra Bank-moliya xizmatlari fakulteti 1-oʻrinni, Iqtisodiyot fakulteti 2-oʻrinni, Kechki va ikkinchi ta'lim yo'nalishlari bo'limi 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek festival doirasida talaba va professor-o'qituvchilar oʻrtasida stol tennisi, arqon tortish, armrestling kabi sport turlaridan kichik musobaqalar ham tashkil etildi.

 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2023 yil 27 dekabrda "Oziq-ovqat xavfsizligi va to'g'ri ovqatlanish – sog'lom jamiyat garovi" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI

Aholiga va turistlarga ko'rsatilayotgan ovqatlanish xizmatlari sohasini yanada rivojlantirish va uni jahon standartlari asosida tashkil etishga qaratilan "fan, taʼlim va ishlab chiqarish" integratsiyasi yo'lga qo'yildi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand Davlat chet tillar instituti, “Ipak yoʼli” turizm xalqaro universiteti, viloyat monomarkazi, Sartepo turizm kolleji va shahrimizning Shashlik.uz tarmog'iga kiruvchi "Khan Akhmad" restorani bilan hamkorlikda sohaga jahon standartlariga mos, xorijiy tillarni o'zlashtirgan ofitsiant, oshpaz va go'sht mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi. 2023-yilning 6-mart kuni ushbu kurslarga start berish marosimi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo'lib o'tdi.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish” yo’nalishi bo’yicha 2023 yilda 48 mutaxassis tayyorlandi. Institutda oziq-ovqat xavfsizligi va to’g’ri ovqatlanishga oid bir qator farnlar o’qitiladi. Jumladan, “Ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Dunyo xalqlari ovqatlanishining o’ziga xos xususiyatlari”, “Oziq-ovqat tovarshunosligi”, “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya”, “Sanitariya va gigiyena”, “Ovqatlanish korxonalarini loyihalash asoslari”, “Parhez va oqilona ovqatlanish asoslari” kabi fanlar o’qitiladi. Institutda ushbu fanlarni o’qitish jarayonida foydalaniladigan laboratoriya va oshxona mavjud.

Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash va barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirishSamISI