Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berish

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berish

Qashshoqlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 1990 yildan 2015 yilgacha o'ta qashshoqlikda yashovchi odamlar soni yarmidan ko'proqqa kamaygan bo'lsa-da, juda ko'p odamlar hali ham asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirish uchun kurashmoqda.

2015 yil holatiga ko'ra, taxminan 736 million kishi hali ham kuniga 1,90 AQSh dollaridan kam daromadga ega edi; ko'pchilik oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va sanitariya sharoitlariga ega emas. Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda jadal iqtisodiy o'sish millionlab odamlarni qashshoqlikdan qutqardi, ammo taraqqiyotning nomutanosibligi kuzatildi. Ayollarning erkaklarga qaraganda kambag'al bo'lish ehtimoli ko'proq, chunki ish haqi, ma’lumot darajasi va xususiy mulk ko’rsatkichlarida erkaklar ayollarga nisbatan ustunlikka ega.

O'ta qashshoqlikda yashayotganlarning 80 foizi to’g’ri keladigan Janubiy Osiyo va Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismi kabi mintaqalarda ham rivojlanish sustligicha qolmoqda. Iqlim o'zgarishi, urushlar va oziq-ovqat xavfsizligidan kelib chiqadigan yangi tahdidlar odamlarni qashshoqlikdan qutqarish uchun yanada ko'proq ish qilish kerakligini anglatadi.

BRM 2030 yilgacha qashshoqlikni barcha shakllar va o'lchamlarda tugatish bo'yicha dadil majburiyatdir. Bu eng zaif qatlamlarga yordam berish, asosiy resurslar va xizmatlarni ko'paytirish hamda iqlim bilan bog'liq mojarolar va ofatlardan jabrlangan jamoalarni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi.

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida SDG 1 doirasida kambag’allikni qisqartirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berishSamISI

Mas'ullar tomonidan institut hududiga yaqin mahallalardagi kam ta'minlangan yoshlarning yashash sharoiti hamda ish jarayoni o'rganilib ularga kerakli yordam ko'rsatilib kelinmoqda. Jumladan 2023-yilda institut tomonidan kam ta'minlangan oilalarga:

- 10 dona qimmatbaho sovg'alar taqdim qilindi;

- 1 nafar yoshning ko'zi operatsiya qilindi;

- 35 180 000 so'm moddiy yordam ko'rsatildi.

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berishSamISI

SamISIda tahsil oluvchi kam ta'minlangan va ijtimoiy e’tiborga molik oilalar farzandlarining to'lov kontraktlarini to'lash uchun imtiyozlar berildi. Ulardan:

- 41 nafar magistratura tahsil oluvchi xotin-qizlar;

- 222 nafar "Yoshlar daftari" ga kiruvchi talabalar;

- 7 nafar "Temir Daftar" ga kiruvchi talabalar.

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berishSamISI

Xodimlarni qo'llab-quvvatlash uchun institut miqyosida doimiy tarzda moddiy yordam ko'rsatib kelinmoqda. 2023 yil davomida:

- 125 ta xodimning farzandlari uchun o'quv qurollari hamda portfellar taqdim etildi;

- 204 nafar xodimga jami 428 mln. so'm miqdorida moddiy yordam ajratildi;

- Nafaqa yoshidagi 7 nafar xodimning har biri 1 oylik maosh miqdorida rag’batlantirildi;

- 25 nafar kam ta'minlangan oilalar farzandlari bolalar yozgi oromgohiga yuborildi;

- Qurbon hayitida Samarqand shahridagi "Koʻksaroy" mahallasida yashovchi 22 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram dasturxoni uchun kerakli mahsulotlardan iborat hadyalar yetkazib berildi;

- 30 nafar xodim uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi. 

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berishSamISI

2023 yilning 20-22 may kunlari Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot ilmiy maktabi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Tambov Davlat Universiteti, Tomsk davlat universitetining Iqtisodiyot va menejment instituti, Shimoliy Kavkaz federal universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabi hamda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, TDIU Samarqand filiali bilan hamkorlikda ''Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishda raqamli hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari'' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Hamma joyda qashshoqlikning barcha ko’rinishlariga barham berishSamISI