"Ekologiyaga oid bilimlar kuni" doirasida SamDU oranjeriyasiga tashrif
14-04-2025
Tegishli SDG lar:
- Iqlim o'zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun shoshilinch choralar ko'rish
- Yer usti ekotizimlarini muhofaza qilish, tiklash va barqaror foydalanishni rag‘batlantirish, o‘rmonlarni barqaror boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerning degradatsiyasi va biologik xilma-xillikning qisqarishini to‘xtatish.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 15-aprel kuni respublikamizda "Ekologiyaga oid bilimlar kuni" nishonlanishi munosabati bilan SamDU oranjeriyasiga tashrif tashrif uyushtirildi.
Mazkur tashrif davomida talabalarga ekologik muvozanat, tabiatni asrash va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha muhim ma'lumotlar berildi. Tadbir talabalarda tabiatga mehr va ekologik madaniyatni yanada oshirishga xizmat qildi.