Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

23-09-2025

Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Joriy yil 22-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Boku shahrida joylashgan Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish, talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilar stajirovkalari, xalqaro reytinglarda hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalarni tashkil etish kabi masalalar kelishib olindi.
Shuningdek, universitetda joriy etilgan “Raqamli universitet” loyihasi boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlik memorandumi imzoladilar. 

Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi SamISIOzarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi SamISI