Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Orol dengiziga poyezd" ekologik aksiyasida ishtirok etmoqda
28-05-2025

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Nukus shahriga yetib keldi va tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolar bilan tanishtirish, ularning ushbu hududga nisbatan ijtimoiy mas’uliyatini oshirish va ekologik ongni shakllantirishdan iborat.