Dolzarb 90 kun: Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Kitobxon yoshlar" ligasi davom etmoqda
09-07-2025

Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma'naviy bilimlarini yanada oshirish maqsadida servis fakulteti tyutori M.Dustova tashabbusi bilan “Kitobxon yoshlar ligasi” oʻtkazildi. Tadbirda talabalar ilmiy va badiiy asarlar, ularning mualliflari va kitobxonlikdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.