Dolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi

08-07-2025

Dolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Afrosiyob muzeyiga va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi. 

Sayohat davomida talabalar Samarqandda topilgan Zardushtiylik diniga oid noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu eksponatlar orqali yoshlar qadimgi Samarqandda turli dinlarga mansub xalqlar birgalikda tinch va totuv hayot kechirgani haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishdi. 

Shuningdek, talabalar Samarqanddagi diniy bag'rikenglikning yorqin namunasi bo‘lgan Xo‘ja Doniyor ziyoratgohini ham ziyorat qilishdi. U yerdagi tarixiy va ma'naviy muhit talabalar qalbida katta taassurot qoldirdi. 

Dolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi  SamISIDolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi  SamISIDolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi  SamISIDolzarb 90 kun: Talabalar Afrosiyob muzeyi va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohiga sayohat qilishdi  SamISI