Korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyat: maktab o‘quvchilari uchun huquqiy mashg‘ulot

19-04-2025

Korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyat: maktab o‘quvchilari uchun huquqiy mashg‘ulot

Samarqand viloyati davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan yo‘l xaritasi tasdiqlanganligi munosabati bilan, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni, huquqiy ong va madaniyatni bolalikdan shakllantirish maqsadida har hafta juma kuni Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan biriktirilgan maktablarda o‘quvchilarga korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan. 

Shu munosabat bilan institut huquqshunosi N.Ochilova Toyloq tumanidagi 59-maktab o‘quvchilari uchun “Halollik va to‘g‘rilik — insonning oliy fazilatlari” mavzusida dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. 

Korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyat: maktab o‘quvchilari uchun huquqiy mashg‘ulot  SamISIKorrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyat: maktab o‘quvchilari uchun huquqiy mashg‘ulot  SamISIKorrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyat: maktab o‘quvchilari uchun huquqiy mashg‘ulot  SamISI