Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolariga qaratilgan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda
27-06-2024
Bugun, 27-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida “Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolari” mavzusida V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati va professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, i.f.f.d, professor D.Aslanova, Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d N.Ibragimov, moliya kafedrasi mudiri, i.f.d, professor J.Zaynalov online formatda hamda moliya kafedrasi dotsenti A.Axmedova va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Talibovalar bevosita ishtirok etishmoqda.
English
Oʼzbek
Русский