“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

16-07-2025

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida kibersport musobaqasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamoaviylik va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa davomida talabalar ommabop kibersport o‘yinlarida o‘zaro raqobatlashib, yuqori darajadagi mahorat, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy harakat qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Bellashuv jarayoni qizg‘in va murosasiz kechdi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi SamISI“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi SamISI“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi SamISI