Dunyo okeanlari - ularning harorati, kimyoviy tarkibi, oqimlari va biologiyasi - Yerni insoniyat uchun yashashga yaroqli qiladigan global tizimlarni boshqaradi. Ushbu muhim resursni qanday boshqarishimiz butun insoniyat va iqlim o'zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish uchun muhim ahamiyatga ega.
Uch milliarddan ortiq odamning tirikchiligi dengiz va qirg'oq biologik xilma-xilligiga bog'liq. Biroq, bugungi kunda biz dunyodagi baliq zahiralarining 30 foizi haddan tashqari ekspluatatsiya qilinayotganini va ular o’z-o’zini tiklash darajasidan ancha ortda qolayotganini ko'rmoqdamiz.
Okeanlar, shuningdek, odamlar tomonidan ishlab chiqarilgan karbonat angidridning taxminan 30 foizini o'zlashtiradi va biz sanoat inqilobi boshlanganidan beri okeanlarning kislotalanishi 26 foizga oshganini ko'rdik. Aksariyat qismi quruqlikdagi manbalardan kelib chiqadigan dengiz ifloslanishi xavotirli darajaga yetmoqda, okeanning har kvadrat kilometrida oʻrtacha 13000 dona plastik qoldiq topilgan.
BRMlar dengiz va qirg'oq ekotizimlarini barqaror boshqarish va himoya qilishga va okeanlarning kislotaliligi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Xalqaro huquq orqali okean resurslarini saqlash va barqaror foydalanishni yaxshilash ham okeanlar bilan bog’liq ayrim muammolarni yumshatishga yordam beradi.