7 ta milliy dastur targ‘ibotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda mas'ul xodimlar, fakultet dekanlarining o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Unda kelgusi yillarda amalga oshiriladigan 7 ta milliy dastur mazmun-mohiyatini jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur yo'nalishda yagona uslubiy materiallar, qisqa tezislar, taqdimotlar hamda savol-javoblar to'plamini tayyorlash va targ'ibot guruhlariga yetkazish bo'yicha vazifalar belgilandi.
Yig'ilish yakunida mas'ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va tizimli amalga oshirish, targ'ibot tadbirlarining mazmunli tashkil etilishini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
English
Oʼzbek
Русский