“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi

19-11-2024

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi

Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.

Haftalik davomida 30 dan ortiq davlat vakillari tomonidan 500 dan ortiq innovatsion mahsulotlar namoyish etildi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar fan va texnologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. 

Mazkur haftalik davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi SamISI“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi SamISI“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi SamISI