Xalqaro konferensiya doirasida institut oldidagi muhim vazifalar muhokama qilindi
01-04-2025

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida fakultet dekan o'rinbosarlari, guruh tyutorlar va yoshlar ittifoqi koordinatorlari uchun muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida institut oldidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- 2025-yil 1-5-aprel kunlari yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tilida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, onlayn viktorina va tanlovlar o‘tkazish;
- Ta'tildan unumli foydalanib “Top10 kitob” loyihasini tashkil etish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda “Talabalar radiosi” loyihasini o‘tkazish;
- Talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish;
- Fakultetlar kesimida dolzarb vazifalarni belgilash;
- Xalqaro konferensiyada institut ishtirokini kengaytirish.