Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishish

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishish

Insoniyat o'lim va kasallikning bir qancha asosiy sabablariga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi. O'rtacha umr ko'rish keskin uzaydi, go'daklar va onalar o'limi ko'rsatkichlari pasaydi, OIV bilan bog'liq vaziyat o'zgardi, bezgakdan o'lim ikki baravar kamaydi.

Barqaror rivojlanish uchun salomatlik muhim ahamiyatga ega va 2030 yilgacha bo’lgan kun tartibi ushbu ikki omilning murakkabligi va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradi. Unda o‘sib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklar, jadal urbanizatsiya, iqlim va atrof-muhitga tahdidlar, OIV va boshqa yuqumli kasalliklarning davom etayotgan yuki, shuningdek, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar kabi paydo bo‘layotgan muammolar hisobga olinadi. Sog'liqni saqlash xizmatlarining umumjahon qamrovi BRM 3 - qashshoqlikka barham berish va tengsizlikni kamaytirishga erishishning ajralmas qismi hisoblanadi. BRMga kiritilmagan yangi global sog'liqni saqlash prioritetlari, shu jumladan mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik ham chora ko'rishni talab qiladi.

Biroq, jahon sog'liqni saqlash bilan bog'liq BRMga erishish yo'lidan chiqib ketdi. Taraqqiyot mamlakatlar o'rtasida ham, ularning ichida ham nomutanosib bo'ldi. O'rtacha umr ko'rish davomiyligi eng qisqa va eng uzoq bo'lgan mamlakatlar o'rtasida 31 yillik farq bor. Ba'zi mamlakatlar muhim yutuqlarga erishgan bo'lsa-da, ko'pchililarik ortda qolmoqda. Ko'p tarmoqli, haq-huquqlarga asoslangan va genderni hisobga oluvchi yondashuvlar tengsizlikni bartaraf etish va barcha uchun mustahkam sog'likka erishishda muhim ahamiyatga ega.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilar, talabalar va xodimlar salomatligini ta’minlash maqsadida viloyatdagi sog'likni saqlash tashkilot va muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

1. Jumladan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2023-yilda OITS va giyohvandlikka qarshi kurashishga oid “Biz yoshlar OITSga qarshimiz”, "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzularida 25 ta tadbirlar o'tkazildi. "Men donarman" aksiyasi doirasida 100 dan ziyod institut professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etib, qonga muhtoj bemorlarga beminnat yordam berishdi.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

2. Joriy yilda institutda 11 nafar malakali tibbiy xodimlar ishtirokida professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko'rik tashkil etildi.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

3. Talabalar turar joyida "Street workout" klubi faoliyat yuritmoqda. Mazkur klubda talabalar uchun sport mashg'ulotlari o'tkaziladi.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

4. Talabalar o'rtasida sportni hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida "Sportchilar va talabalar" uchrashuvlari tashkil etiladi. Uchrashuvlarga dunyo arenalarida muvafaqqiyat qozongan, chempionlik unvonlariga sazovor bo'lgan sportchilar taklif etiladi.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

5. Institut jamoasi Samarqand viloyatida tashkil etilgan, sport va salomatlik targ'ib etilgan yurish va yugurish marofonlarida faol ishtirok etadi.

 

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikka erishishSamISI

6. Toza havo inson organizmi uchun juda muhim hisoblanadi. Buning uchun esa bizga daraxtlar yordam beradi. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Yashil makon" loyihasi doirasida 1000 dan ziyoda ko'chatlar ekilgan. Bundan tashqari institut hududidagi daraxtlar har bir xodimga biriktirilgan bo'lib, barcha o'z daraxtini alohida parvarish qiladi.